Bir million dasturchi

Kreditning maqsadi: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun

Kreditining asosiy shartlari:

Kredit muddati

24 oy

Imtiyozli davr

4 oy

Kredit miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda

Kredit maqsadi

Kompyuter yoki noutbuk sotib olish uchun

Kredit yillik foiz stavkasi*

Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravari miqdorida

Ta’minot turi

Uchinchi shaxs kafilligi

* Izoh: Kredit bo’yicha foiz to’lovlari Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

  • Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi;
  • “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to’g’risida sertifikat nusxasi;
  •  Sertifikatning verifikatsiyadan o’tganligi va kreditning foiz to’lovlarini kompensatsiya qilib berish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonida berilgan ma’lumotnoma (ma’lumotnoma berilganiga 60 kundan oshmagan bo’lishi lozim);
  • Kompyuter sotib olish bo’yicha oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
  • Kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi).

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.