Hisobraqam yuritish
Hisobraqam ochish
Xizmat tannarxi - bepul.
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Ariza;
- Imzo namunalari izi tushirilgan kartochka;
- Korxona direktori va bosh buxgalteri (mavjud bo’lsa)ni tayinlash bo’yicha qaror, buyruq va pasport nusxalari.
Xizmat turidan foydalanuvchilar:
- Rezident va norezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari hamda jismoniy shaxslar.
Ochiladigan hisobraqam turlari:
Milliy va xorijiy valyutada:
- Talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi);
- Jamg’arma;
- Muddatli;
- Ssuda va kredit;
- Plastik kartochkalar orqali hisob- kitoblar uchun.
To’lov hujjatlarini o’tkazish
Xizmat tannarxi:
- Debet aylanma summasidan 0,5% (ushbu miqdor qo’shimcha kelishuvga asosan o'zgarishi mumkin).
To’lov hujjati turlari:
- To’lov topshiriqnomasi;
- To’lov talabnomasi;
- Inkasso topshiriqnomasi;
- Inkasso talabnomasi;
- Memorial order;
- Plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar;
- Akkreditivga ariza;
- Chek bilan hisob-kitoblar.
To’lov hujjatini o’tkazish mexanizmi:
- Mijoz tomonidan to’g’ridan-to’g’ri taqdim etilgan to’lov hujjatini dasturga kiritish;
- Tashqi va masofaviy xizmat ko’rsatish dasturiy ta’minot orqali jo’natilgan to’lov hujjatlarini qayta ishlash;
- Mijoz arizasiga asosan;
- Pochta orqali bankka kelib tushgan to’lov.
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.