Hisob-kassa xizmati
Naqd pul mablag’larini kirim qilish
Xizmat turidan foydalaniluvchilar:
- Yuridik shaxs (savdo, umumiy ovqatlanish, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlar);
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdo, pullik xizmat ko’rsatish va boshqalar).
Naqd pullarni hisobvaraqqa kirim qilish usuli:
- Inkassatsiya xizmati orqali;
- O’zi bank kassasiga olib borib topshirish (samanos) orqali amalga oshirish.
Naqd pul e’loni:
- Mijozning imzosi mavjudligi;
- Summa so'z bilan mos kelishi;
- To’lov maqsadi ko’rsatilganligi;
- Sana qayd etilganligi;
- Hisobvarag’i mavjudligi;
- Ro'yxatdan o’tkazish.
To’lov maqsadi:
- Savdo tushumi;
- Pullik xizmatlar tushumi;
- Umumiy ovqatlanishdan tushgan tushum;
- Aylanma mablag’larini to’ldirish;
- Ustav fondini shakllantirish (ta’sischilar umumiy yig'ilish qarori asosida);
- Kredit qarzdorligini so’ndirish (asosiy qarz va foiz to’lovlari uchun);
- Boshqa maqsadlar uchun:
- Korxonaga tegishli bo’lgan mol-mulk sotilishi;
- Jarimalar;
- Korxonaga yetkazilgan zarar va b.
Kassa ramzlari:
- YaTTlarning naqd puldagi savdo tushumi (0100-ramz)
- Iste’mol tovarlarni sotishdan tushgan naqd pullar (0200-ramz)
- Umumiy ovqatlanish korxonalaridan tushgan naqd pullar (0400-ramz)
- Temiryo'l va havo transporti sohasidan tushgan naqd pullar (0500-ramz)
- Mahalliy transport xizmatidan tushgan naqd pullar (0600-ramz)
- Telefon-aloqa xizmatlaridan tushgan naqd pullar (0700-ramz)
- Tomoshagoh tashkilotlaridan tushgan naqd pullar (0900-ramz)
- Tibbiyot, sayyohlik maishiy va boshqa pullik xizmatlardan tushgan naqd pullar (1100-ramz)
- Maishiy va boshqa pullik xizmatlar ko’rsatishdan tushgan naqd pullar (1101 -ramz)
- Tibbiyot va sayyohlik xizmatlaridan tushgan naqd pullar (1102-ramz)
- Qishloq xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub’ektlardan tushgan naqd pullar (1300-ramz)
- Pochta aloqasi korxonalaridan tushgan naqd pullar (1700-ramz)
- Ustav kapitalni shakllantirish va aylanma mablag’larni to’ldirish uchun topshirilgan naqd pullar (1900-ramz)
- Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun topshirilgan naqd pullar (1901-ramz)
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanma mablag’larini to’ldirish uchun topshirilgan naqd pullar (1902-ramz)
Kassa xizmatlari
Xizmat turidan foydalaniluvchilar:
- Yuridik shaxs (savdo, umumiy ovqatlanish, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlar);
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdo, pullik xizmat ko’rsatish va boshqalar).
Daromadlarni undirilishi:
- Bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan haq undirish evaziga amalga oshiriladi- (ko’rsatilgan kassa xizmatning naqd pul summasi- dan 0,25 foiz).
Naqd pul bilan bog'liq kassa xizmatlari:
- Bir nominal qiymatdagi naqd pullarni boshqa qiymatdagilariga almashtirib berish (yiriklashtirish, maydalash);
- Qayta sanash, tegishli tartibda saralash hamda urab-bog'lash, shuningdek qadoqlab (upakovka) berish.
Naqd pul berish
Xizmat turidan foydalaniluvchilar:
- Yuridik shaxs (savdo, umumiy ovqatlanish, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlar);
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdo, pullik xizmat ko’rsatish va boshqalar).
Daromadlarni undirilishi:
- Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlarga topshirilgan naqd puldagi tushumlari doirasida (naqd pul summasidan 1 foizgacha);
- Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlarga to’lov terminal orqali tushgan tushumlari doirasida (naqd pul summasidan 1 foiz);
- Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlar hisobvaraqlariga kelib tushgan naqdsiz pul mablag’i hisobidan naqd pul berish (naqd pul summasidan 1 foiz);
- Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish va tayyorlash faoliyati (tayyorlov) bilan shug’ullanayotgan korxonalarga naqd pul mablag’ini yechib berish (naqd pul summasidan 1 foiz);
- Eksportyor tadbirkorlik sube’ktlariga naqd pul mablag’larini berish (naqd pul summasidan 0,5 foiz).
Naqd pul chek daftarchasi:
- Mijozning imzosi mavjudligi;
- Summa so’z bilan mos kelishi chiqim maqsadi ko’rsatilganligi;
- Sana qayd etilganligi hisobvarag’i mavjudligi;
- To’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilganligi;
- Belgilangan muddati o’tkazib yuborilmaganligi (to’ldirilgan kunni hisobga olgan va hujjatda ko’rsatilgan sana to’g’rilanmagan holda 10 kalendar kun davomida) mijoz muhri bosilganligi;
- Ro’yxatdan o’tkazish.
Kassa ramzlari:
- Mehnat haqiga (ish haqiga) berilgan naqd pullar (4000-ramz)
- Stipendiya to’lovlariga berilgan naqd pullar (4100-ramz)
- Xizmat safari xarajatlari uchun berilgan naqd pullar(4200-ramz)
- Pul tushumiga ega bo’lgan mijozlarga berilgan naqd pullar (4400-ramz)
- Mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan naqd pullar(4500-ramz)
- Qishloq xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarga berilgan naqd pullar (4700-ramz)
- Pensiya, nafaqa, sug’urta qoplamasi va boshqa ijtimoiy to’lovlarga berilgan naqd pullar (5000-ramz)
- Xo’jalik sub’ektlariga dividendlarni to’lash uchun berilgan naqd pullar (5100-ramz)
- Boshqa maqsadlar uchun berilgan naqd pullar (5300-ramz)
Chiqim maqsadlari:
- Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun (Byudjet, monitoringga olingan tashkilotlar, kontingent, pensiya, stipendiya, xizmat safari va boshqa korxonalar);
- Boshqa maqsadlar uchun:
- Oziq-ovqat sotib olish (tayyorlov tashkilotlari);
- Ustav fondidan ulushini olish (ta’sischilar umumiy yig’ilish qarori asosida);
- Dividend olish (aksiyadorlarning umumiy yig’ilish qarori asosida).
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.