Universal mikroqarzi

“Universal” Mikroqarzi

Mikroqarzning asosiy shartlari:

Kredit nomi

Kredit miqdori

Muddati

Yillik foiz stavkasi

Kredit ajratish shakli

Qaytarish usuli 

Universal

Eng kam miqdori - 3 mln. So’m

Eng ko’p miqdori – 50 mln. So’m

36 oygacha

29%

Qarz oluvchining nomiga emissiya qilingan bank kartasiga pul o'tkazish yo'li bilan.

Differensial 
 

Kredit oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan doimiy daromad manbaiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O'zbekistonda doimiy yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Mikroqarz summasi 40 (qirq) million so’mgacha bo’lsa uchinchi shaxs kafilligi;
  • Mikroqarz summasi 40 (qirq) million so’mdan oshgan taqdirda likvidli mol-mulk garovi.

 Talab qilinadigan hujjatlar:   

  • Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganiladi. 

Daromadlari to'grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to'grisida ma'lumotnoma  taqdim qilinadi.

Agar uchinchi shaxsning kafilligi kredit garovi sifatida taqdim etilsa, unda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:        

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi) Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • Auditor xulosasi;
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • Ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.