AT "Aloqabank" mijozlariga xabarnoma!

Hurmatli mijozlar, sizlarga shuni ma'lum qilamiz, AT “Aloqabank”ning barcha hududiy kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bayram va dam olish kunlari bankomatlarni doimiy ishchi holatda bo‘lishi ta’minlab kelinmoqda.

Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda bayram kunlari arafasida Koson shahridagi kompleks xizmat ko‘rsatish markazida joylashgan bankomat "xizmat ko‘rsatmayapti" degan  xabarlar tarqalgan.

Aslida mazkur holat bir oy avval texnik profilaktik ishlari olib borilgan vaqtda suratga olingan. Bankomatlarning doim ishchi holatda bo‘lib, pul bilan to‘ldirib borilishi АТ "Aloqabank" xodimlari tomonidan uzluksiz ta'minlanmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tarqalgan xabarlar noto‘g‘ri hamda asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.