Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" aksiyadorlari diqqatiga

AT "Aloqabank" Kuzatuv Kengashining 2022 yil 11 avgustdagi 44-sonli yig'ilish bayoniga asosan 2022 yil 16 sentyabrda 3 306 000 000 (uch milliard uch yuz olti million) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2022 yil 15 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida P0021-27 – son bilan ro’yhatga olinganligini ma'lum qiladi.

AT "Aloqabank" Kuzatuv Kengashining 2022 yil 16 sentabrdagi 50-sonli yig'ilish bayoniga asosan bir dona aksiyaning joylashtirish narxi 121,0 so'm miqdorida belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga asosan 2022 yil 11 avgust holatiga ovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bo'lgan aktsiyadorlar ushbu qo'shimcha chiqarilgan aktsiyalarni o'zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalar bo'yicha to'lovlar pul mablag'lari bilan naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Aksiyalar uchun to'lanayotgan naqd pul mablag'lari bankning barcha kassalari orqali qabul qilinadi. Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2022 yilning 20 sentyabrdan boshlab 2022 yil 29 sentabrga qadar qo'llanilishini ma'lum qilamiz.

Imtiyozli huquqqa ega bo'lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to'g'risida o'zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o'zi oladigan aksiyalar soni ko'rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to'laganlik to'g'risidagi hujjatni bankning Bosh ofisiga Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 4-uyga taqdim etish orqali o'z imtiyozli huquqini to'liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin. Ma'lumot uchun telefon: 71-232-83-67.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.